San’atga yaratilgan har bir sharoit — kelajak iste’dodlariga ochilgan yangi imkoniyat
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengash kotibiyati mudiri O'.Rajabov hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Guzal Samiyeva birgalikda tumandagi 3-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida bo‘ldi.
Tashrif davomida muassasada yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud muammolar hamda kamchiliklar o‘rganildi. Xususan, moddiy-texnik bazani mustahkamlash, cholg‘u asboblariga bo‘lgan ehtiyojlarni ta’minlash va aniqlangan masalalarni bartaraf etish yuzasidan tegishli takliflar bildirildi.
Yoshlarning san’atga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash, ular uchun yanada qulay sharoit yaratish masalalari deputat nazoratida ekanligi ta’kidlandi.