Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi kotibiyati mudiri O'.Rajabov hududidagi “Guliston” mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishdi.
O‘rganish davomida mahallada aholi muammolarini aniqlash va bartaraf etish, fuqarolar bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, mahalla yettiligi tomonidan aholi murojaatlari bilan ishlash, mavjud muammolarni o‘z vaqtida hal etish va fuqarolarga qulay shart-sharoitlar yaratish yuzasidan olib borilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi. O‘rganish yakunida mahalla faollari bilan hududdagi dolzarb masalalar muhokama qilinib, tegishli tavsiyalar berildi.