Новости

Последние новости

янв.21
Obodlik ko‘ngildan boshlanadi: Uzun tumani deputatlari xalq bilan yelkadosh
янв.21
Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi nomidan samimiy muborakbod etamiz.
янв.21
Yangi kuch” mahallasida yangi tizim tahlili:
янв.21
Navbatdagi deputatlik so'rovi yuborildi
янв.21
Uzun tumanidagi "Erkinlik" mahallasida suv tarmogʻidagi nosozlik bartaraf etildi
янв.21
Madaniyat – millat ma'naviyatining mustahkam poydevori
янв.21
Deputatlar tomonidan DMTT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani kengashi raisi Dilorom Safarova tuman hokimi Xabibulla Bozorov bilan birgalikda eng iqtidorli bitiruvchilarga oltin va kumush medallarni topshirdi
янв.21
San’atga yaratilgan har bir sharoit — kelajak iste’dodlariga ochilgan yangi imkoniyat
янв.21
Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida
Yo‘l masalasi yuzasidan murojaat ko‘rib chiqildi

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi kotibiyati mudiri K.Mamanova o‘z xizmat xonasida fuqaroni qabul qilib, yo‘l infratuzilmasi bilan bog‘liq murojaatini tingladi.

Qabul davomida murojaatchi yashash hududidagi ichki yo‘lning ta’mirtalab holga kelgani, bu esa aholi va transport vositalari harakatida noqulayliklar tug‘dirayotganini ma’lum qildi. Mazkur murojaat yuzasidan batafsil suhbat o‘tkazilib, muammoning holati atroflicha o‘rganildi.

Murojaatni ijobiy hal etish maqsadida mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralar ko‘rilishini, masala amaldagi tartib asosida ko‘rib chiqilib, ijrosi nazoratga olinishini ta’kidladi.

Fuqarolar murojaatlariga o‘z vaqtida e’tibor qaratish, hududlarda mavjud muammolarni aniqlash va ularni bosqichma-bosqich bartaraf etish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 3