Новости

Последние новости

янв.21
Obodlik ko‘ngildan boshlanadi: Uzun tumani deputatlari xalq bilan yelkadosh
янв.21
Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi nomidan samimiy muborakbod etamiz.
янв.21
Yangi kuch” mahallasida yangi tizim tahlili:
янв.21
Navbatdagi deputatlik so'rovi yuborildi
янв.21
Uzun tumanidagi "Erkinlik" mahallasida suv tarmogʻidagi nosozlik bartaraf etildi
янв.21
Madaniyat – millat ma'naviyatining mustahkam poydevori
янв.21
Deputatlar tomonidan DMTT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani kengashi raisi Dilorom Safarova tuman hokimi Xabibulla Bozorov bilan birgalikda eng iqtidorli bitiruvchilarga oltin va kumush medallarni topshirdi
янв.21
San’atga yaratilgan har bir sharoit — kelajak iste’dodlariga ochilgan yangi imkoniyat
янв.21
Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashining “20-Yo‘lchilar” saylov okrugidan saylangan deputati G. Allanova hamda Kengash kotibiyati mudiri M. Kamolova tomonidan fuqaro murojaati yuzasidan “Yo‘lchilar” ovul fuqarolar yig‘inidagi ichki ko‘cha yo‘llari holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida “Yo‘lchilar” OFY hududidagi “Yuksalish” ko‘chasining yo‘l qoplamasi talab darajasida emasligi aniqlanib, mazkur ko‘chani asfaltlashtirish zarurligi qayd etildi.

Aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli mas’ul tashkilotlarga taklif va tavsiyalar berilib, masalani ijobiy hal etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish yuzasidan ishlar olib borilmoqda.

✅ Fuqarolarning murojaatlari doimiy e’tiborda bo‘lib, hududlarda mavjud muammolarni bartaraf etish va aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.

Slide 1 of 3