Новости

Последние новости

янв.21
Obodlik ko‘ngildan boshlanadi: Uzun tumani deputatlari xalq bilan yelkadosh
янв.21
Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi nomidan samimiy muborakbod etamiz.
янв.21
Yangi kuch” mahallasida yangi tizim tahlili:
янв.21
Uzun tumanidagi "Erkinlik" mahallasida suv tarmogʻidagi nosozlik bartaraf etildi
янв.21
Navbatdagi deputatlik so'rovi yuborildi
янв.21
Madaniyat – millat ma'naviyatining mustahkam poydevori
янв.21
Deputatlar tomonidan DMTT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani kengashi raisi Dilorom Safarova tuman hokimi Xabibulla Bozorov bilan birgalikda eng iqtidorli bitiruvchilarga oltin va kumush medallarni topshirdi
янв.21
San’atga yaratilgan har bir sharoit — kelajak iste’dodlariga ochilgan yangi imkoniyat
янв.21
Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida
Uchtepa tumanida deputatlar tomonidan navbatdagi o'rganish ishlari amalga oshirildi

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashning “9-Jurjoniy” okrugi deputati, Kengash raisi Ismanov Ja’far Xodjimuratovich tomonidan Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishidan biri — “Mahallalarda aholi va bolalar uchun sport inshootlari, umumta’lim maktablari, kollej va akademik litseylarning sport zallari hamda ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlanish holati” yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

📇 O‘rganish jarayonida Uchtepa tumanidagi 2-son sport maktabi faoliyati ko‘zdan kechirildi. Sport maktabida 1 ta sport zali va 1 ta suzish havzasi faoliyat yuritib, muassasa 240 nafar o‘quvchiga mo‘ljallangan.

🔼 Muassasada jami 60 nafar xodim faoliyat olib borayotgan bo‘lib, ulardan 35 nafari trenerlardir. Sport maktabida olimpiya, milliy va paralimpiya sport turlari bo‘yicha 20 ta yo‘nalishda mashg‘ulotlar tashkil etilgan. Jumladan, badiiy gimnastika, badminton, voleybol, dzyudo, suzish, futbol, yengil atletika, karate, qo‘l jangi hamda belbog‘li kurash sport turlari bo‘yicha yoshlar muntazam shug‘ullanmoqda.

🥇 2025-yil davomida sportchilar tomonidan jami 151 ta medal qo‘lga kiritilgan bo‘lib, shundan 38 tasi oltin, 47 tasi kumush va 66 tasi bronza medallaridir. Shuningdek, jahon va Osiyo chempionatlarida 31 ta, O‘zbekiston chempionati va kuboklarida esa 120 ta medal qo‘lga kiritilgan.

🗣 O‘rganish davomida Kengash raisi tomonidan sport inventarlari holati, ulardan foydalanish darajasi hamda sport binolaridan samarali foydalanish holati ham atroflicha ko‘rib chiqildi. Muassasada yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun yaratilgan sharoitlar alohida e’tirof etildi.

Slide 1 of 7