Новости

Последние новости

янв.21
Obodlik ko‘ngildan boshlanadi: Uzun tumani deputatlari xalq bilan yelkadosh
янв.21
Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi nomidan samimiy muborakbod etamiz.
янв.21
Yangi kuch” mahallasida yangi tizim tahlili:
янв.21
Navbatdagi deputatlik so'rovi yuborildi
янв.21
Uzun tumanidagi "Erkinlik" mahallasida suv tarmogʻidagi nosozlik bartaraf etildi
янв.21
Madaniyat – millat ma'naviyatining mustahkam poydevori
янв.21
Deputatlar tomonidan DMTT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani kengashi raisi Dilorom Safarova tuman hokimi Xabibulla Bozorov bilan birgalikda eng iqtidorli bitiruvchilarga oltin va kumush medallarni topshirdi
янв.21
San’atga yaratilgan har bir sharoit — kelajak iste’dodlariga ochilgan yangi imkoniyat
янв.21
Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida
Hazortut MFYda chiqindilarni o’z vaqtida olib chiqish deputat nazoratida. Mahalla aholisi uchun toza, sog’lom va obod muhit yaratish, sanitariya holatini muntazam nazoratga olindi.
Hazortut MFYda chiqindilarni o'z vaqtida olib chiqish nazorati 18-saylov okrugi deputati M.Jumayeva tomonidan olib borilmoqda. Aholi uchun toza va obod muhit yaratish, chiqindilarni yig'ish jarayonini muntazam nazorat qilish hamda fuqarolarni tozalik madaniyatini oshirish maqsadida tushuntirish ishlari joriy. Chiqindilarni yig'ishda uzilishlar aniqlanib, bularni bartaraf etish bo'yicha mas'ul tashkilotlarga ko'rsatmalar berilgan.Cocoon AI Summary

Hazortut mahallasida chiqindilarni o’z vaqtida yig’ish va olib chiqish ishlari   18-saylov okrugi deputati M.Jumayeva  tomonidan muntazam ravishda nazorat qilib borilmoqda. Mahalla aholisi uchun toza, sog’lom va obod muhit yaratish, sanitariya holatini muntazam nazorat qilish maqsadida chiqindilarni belgilangan grafik asosida olib chiqish jarayoni atroflicha o’rganildi.

O’rganishlar davomida chiqindilarni yig’ish va tashishda maxsus xizmatlar faoliyati, texnikalarning holati va konteynerlar yetarliligiga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, chiqindilarni yig’ish joylarining sanitariya holati, ularning aholi uchun qulay joylashuvi va boshqaruv tizimi ham baholandi. Ayrim hududlarda chiqindilarni o’z vaqtida olib chiqishda uzilishlar ham aniqlanib, ularni bartaraf etish bo’yicha mas’ul tashkilotlarga aniq ko’rsatmalar berildi.

Mahalla aholisining ham faol ishtiroki muhim ekani ta’kidlandi. Fuqarolarga chiqindilarni belgilangan joylarga tashlash, chiqindilarni ajratib tashlash va sanitariya qoidalariga qat’iy rioya qilish bo’yicha tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Bu tadbirlar mahallada fuqarolarning tozalik madaniyatini oshirish, atrof-muhitni asrab-avaylashga undash maqsadini ham ko’zlaydi.

Deputat nazorati orqali Hazortut MFYda chiqindilarni o’z vaqtida olib chiqish va sanitariya holatini yaxshilash bo’yicha ishlar doimiy ravishda amalga oshirilmoqda. Bu esa mahalla aholisi uchun nafaqat sog’lom muhit, balki jamoaviy tartib va madaniy odobning namoyon bo’lishiga xizmat qiladi. Kelgusida ham mahalla obodligi va tozaligi ustuvor vazifa sifatida e’tiborda bo’ladi, chiqindilarni yig’ish tizimi yanada samarali va muntazam tarzda yo’lga qo’yildi.
 

Slide 1 of 1