Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashining navbatdagi 17-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Obodlik ko‘ngildan boshlanadi: Uzun tumani deputatlari xalq bilan yelkadosh
янв.21
Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi nomidan samimiy muborakbod etamiz.
янв.21
Yangi kuch” mahallasida yangi tizim tahlili:
янв.21
Navbatdagi deputatlik so'rovi yuborildi
янв.21
Uzun tumanidagi "Erkinlik" mahallasida suv tarmogʻidagi nosozlik bartaraf etildi
янв.21
Madaniyat – millat ma'naviyatining mustahkam poydevori
янв.21
Deputatlar tomonidan DMTT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani kengashi raisi Dilorom Safarova tuman hokimi Xabibulla Bozorov bilan birgalikda eng iqtidorli bitiruvchilarga oltin va kumush medallarni topshirdi
янв.21
San’atga yaratilgan har bir sharoit — kelajak iste’dodlariga ochilgan yangi imkoniyat
#Haftalik_dayjest

Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 2026-yil 30-mart – 3-aprel kunlari uchun haftalik faoliyati yuzasidan AXBOROT

2026-yil 30-mart – 3-aprel kunlari davomida Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashi tomonidan hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi muammolarini o‘rganish hamda ularni bartaraf etishga qaratilgan bir qator muhim ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, joriy yilning 30-mart kuni yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining navbatdagi 19-sessiyasi o‘tkazildi. Unda tuman hokimining o‘rinbosarlari, tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari, ekspert guruhi a’zolari, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, xotin-qizlar faollari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar. Sessiyada hududni rivojlantirishga oid dolzarb masalalar muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

Fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar asosida Amudaryo tumani tibbiyot birlashmasiga olib kiruvchi Shifokorlar ko‘chasidagi yo‘lni kengaytirish va ta’mirlash masalasi deputat G. Yusupova tomonidan deputatlik nazoratiga olindi. Mazkur masala yuzasidan tegishli ташкилотларга deputат сўрови yuborilib, amaliy choralar ko‘rilishi natijasida qurilish-ta’mirlash ishlari boshlab yuborildi. Hozirgi kunda ushbu ishlar davom etmoqda.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-393-sonli qarori ijrosi doirasida tumandagi 30-son umumta’lim maktabini rekonstruksiya qilish ishlari ustidan deputatlik nazorati olib borildi. 57-son maktabda amalga oshirilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlari, jumladan, qo‘shimcha o‘quv binosi hamda sport zalining barpo etilishi jarayonlari ham o‘rganildi.

Hafta davomida “Bo‘ston”, “Yangiobod” hamda “Toshyop” mahalla fuqarolar yig‘inlarida “mahalla yettiligi” faoliyati tahlil qilinib, aholi muammolarini hal etish, yoshlar bandligini ta’minlash, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi ishlar o‘rganildi.

Bundan tashqari, “Qangli” ovul fuqarolar yig‘inida o‘tkazilgan uchrashuv davomida hududda bankomat mavjud emasligi muammosi ko‘tarilib, ushbu masala yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi. Deputatlar tomonidan joylarda sayyor qabullar tashkil etilib, fuqarolar murojaatlari o‘rganildi.

Axborot-kutubxona markazi faoliyati o‘rganilib, uning moddiy-texnik bazasi va aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati tahlil qilindi.

“Tashabbusli budjet” jarayonlari doirasida qo‘shimcha 2 ta loyiha g‘olib deb topilib, mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan 216 mln so‘m ajratildi. Mazkur mablag‘lar hisobiga Qilichboy hududida 2 kilometr ichki yo‘lni asfaltlash ishlari amalga oshirilishi belgilandi.

Shu bilan birga, fuqarolarga E-kengash platformasi orqali o‘z hududi deputati haqida ma’lumot olish, murojaat yuborish hamda qabulga yozilish imkoniyatlari mavjudligi haqida tushuntirish ishlari olib borildi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, hafta davomida amalga oshirilgan ishlar hudud infratuzilmasini yaxshilash, ta’lim tizimini rivojlantirish, mahalla tizimi samaradorligini oshirish hamda aholi murojaatlarini ijobiy hal etishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. 

Slide 1 of 1