Новости

Последние новости

янв.21
Obodlik ko‘ngildan boshlanadi: Uzun tumani deputatlari xalq bilan yelkadosh
янв.21
Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi nomidan samimiy muborakbod etamiz.
янв.21
Yangi kuch” mahallasida yangi tizim tahlili:
янв.21
Navbatdagi deputatlik so'rovi yuborildi
янв.21
Uzun tumanidagi "Erkinlik" mahallasida suv tarmogʻidagi nosozlik bartaraf etildi
янв.21
Madaniyat – millat ma'naviyatining mustahkam poydevori
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani kengashi raisi Dilorom Safarova tuman hokimi Xabibulla Bozorov bilan birgalikda eng iqtidorli bitiruvchilarga oltin va kumush medallarni topshirdi
янв.21
Deputatlar tomonidan DMTT faoliyati o‘rganildi
янв.21
San’atga yaratilgan har bir sharoit — kelajak iste’dodlariga ochilgan yangi imkoniyat
янв.21
Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida
Tabiatni asrash — bu kelajakni asrash!

Shuningdek, uchrashuvda har birimiz tabiatning bir boʻlagi ekanligimiz, uni asrash esa faqat vazifa emas — bu bizning burchimiz ekanligi alohida taʼkidlab oʻtildi. 

Shuningdek, “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi doirasida yurtimizda ekologik barqarorlikka erishish, “yashil iqtisodiyot”ga oʻtish, tarmoq va sohalarning uygʻun “yashil transformatsiya”sini amalga oshirish hamda iqtisodiy oʻsishning yangi, “yashil rivojlanish” modelini tatbiq etish boʻyicha qator muhim vazifalar haqida maʼlumot berildi. 

Uchrashuv davomida Respublika boʻyicha “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida har yili 200 million tup daraxt ekish, yashillik darajasini 30 foizga yetkazish, aholi salomatligini yaxshilash kabi chora-tadbirlar belgilangan boʻlsa 2025-yilda Shayxontohur tumanida loyiha doirasi 42000 ta koʻchat daraxtlari ekilgani aytib oʻtildi.

Bundan tashqari, deputat oʻz soʻzida tabiatni asrab avaylash uchun kichik qadamlar katta oʻzgarishlarga olib kelishi va bu ishlarni bugundan boshlashimiz — ertangi kun uchun ekanligini maʼlum qildi.

Deputat S.Rasulev uchrashuv yakunida mahallada va taʼlim muassasalarida yoshlarga oʻrnak boʻlib, suvni tejashga, daraxt ekishni odat qilishga hamda tabiatga zarar yetkazmaslikga targʻib qilib borish kerakligi kelishib olindi.

Slide 1 of 1