Новости

Последние новости

янв.21
Obodlik ko‘ngildan boshlanadi: Uzun tumani deputatlari xalq bilan yelkadosh
янв.21
Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi nomidan samimiy muborakbod etamiz.
янв.21
Yangi kuch” mahallasida yangi tizim tahlili:
янв.21
Uzun tumanidagi "Erkinlik" mahallasida suv tarmogʻidagi nosozlik bartaraf etildi
янв.21
Navbatdagi deputatlik so'rovi yuborildi
янв.21
Madaniyat – millat ma'naviyatining mustahkam poydevori
янв.21
Deputatlar tomonidan DMTT faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani kengashi raisi Dilorom Safarova tuman hokimi Xabibulla Bozorov bilan birgalikda eng iqtidorli bitiruvchilarga oltin va kumush medallarni topshirdi
янв.21
San’atga yaratilgan har bir sharoit — kelajak iste’dodlariga ochilgan yangi imkoniyat
янв.21
Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida
“Markaziy Osiyo – Italiya” sammiti - “yashil” taraqqiyot va strategik sheriklik sari muhim qadamdir

2025-yil 30-may kuni Qozog‘istonning Ostona shahrida o‘tkazilgan “Markaziy Osiyo – Italiya” formatidagi ilk sammit Markaziy Osiyo davlatlari va Yevropa Ittifoqining yetakchi a’zosi bo‘lgan Italiya o‘rtasidagi munosabatlarni yangi bosqichga ko‘tarishda muhim siyosiy va iqtisodiy ahamiyat kasb etdi. Sammitdagi muloqotlarda texnologik, "yashil" iqtisodiyot, ta’lim, madaniyat va xavfsizlik sohalaridagi ko‘p tomonlama hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.  

Davlatimiz Rahbarining sammitdagi nutqida Italiya bilan o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi so‘nggi yillarda uch barobarga oshgani ta’kidlandi. Shu bilan birga “Markaziy Osiyo – Italiya” ishbilarmonlar klubini tashkil etish taklif etildi. Bunday platforma nafaqat iqtisodiy aloqalarni kuchaytiradi, balki mintaqaviy biznes ekotizimini ham yangilashga xizmat qiladi. Shuningdek, Italiyaning bir qator moliyaviy institutlar bilan hamkorlikda qo‘shma investitsiya fondlarini rivojlantirish kabi tashabbuslar aniq amaliy natijalarga qaratilgan. 

Prezidentimiz tomonidan Ta’lim va ilm-fan sohasida ham muhim takliflar bildirildi. Endilikda, “Markaziy Osiyo – Italiya” ilmiy-ta’lim konsorsiumini tuzish orqali akademik almashinuv, dizayn, biotexnologiya va muhandislik kabi sohalarda hamkorlikni kengaytirish rejalashtirilmoqda. Shu bilan birga, turizm, madaniy almashinuv va kreativ iqtisodiyotni rivojlantirishda ham muhim tashabbuslar ilgari surildi. Xususan, Xiva shahrida yoshlar uchun kreativ iqtisodiyot forumini o‘tkazish taklifi tarix va zamonaviylikni uyg‘unlashtiruvchi g‘oya sifatida e’tirof etildi. O‘zbekistonning ushbu sammitdagi faol ishtiroki, uning xalqaro maydondagi nufuzi va tashabbuskorlik pozitsiyasini yana bir bor namoyon qildi. Bu esa mintaqa davlatlari uchun nafaqat iqtisodiy manfaat, balki innovatsion rivojlanish, inson kapitali va madaniy yangilanishning ham mustahkam poydevori bo‘lib xizmat qiladi. 

 Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputati R.Baltayev