Новости

Последние новости

янв.21
Obodlik ko‘ngildan boshlanadi: Uzun tumani deputatlari xalq bilan yelkadosh
янв.21
Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi nomidan samimiy muborakbod etamiz.
янв.21
Yangi kuch” mahallasida yangi tizim tahlili:
янв.21
Uzun tumanidagi "Erkinlik" mahallasida suv tarmogʻidagi nosozlik bartaraf etildi
янв.21
Navbatdagi deputatlik so'rovi yuborildi
янв.21
Madaniyat – millat ma'naviyatining mustahkam poydevori
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani kengashi raisi Dilorom Safarova tuman hokimi Xabibulla Bozorov bilan birgalikda eng iqtidorli bitiruvchilarga oltin va kumush medallarni topshirdi
янв.21
Deputatlar tomonidan DMTT faoliyati o‘rganildi
янв.21
San’atga yaratilgan har bir sharoit — kelajak iste’dodlariga ochilgan yangi imkoniyat
янв.21
Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida
“Erta nikoh – qadriyat emas, muammo!”

Ushbu tadbir “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Vobkent tuman kengashi raisi To‘ymurod Yoqubov hamda partiyaning tuman kengashi deputati Feruza Shodiyevalar tashabbusi bilan tashkil etildi.

Tadbir davomida o‘quvchilar va ota-onalarga erta nikohning salbiy oqibatlari, ayniqsa, qizlarning ta’lim olish huquqiga to‘sqinlik qilishi, ijtimoiy va psixologik muammolarga olib kelishi haqida aniq faktlar va hayotiy misollar asosida tushuntirishlar berildi. Mutaxassislar, pedagoglar va partiya vakillari tomonidan yoshlarga yetuk kasb egallab, ongli va mas’uliyatli hayot sari intilish lozimligi alohida ta’kidlandi.

Tadbir yakunida esa ota-onalar va o‘quvchilar o‘z fikr va mulohazalarini bildirib, bu kabi ma’rifiy uchrashuvlarning ahamiyati va davom ettirilishi kerakligini ta’kidlashdi.

Milliy qadriyatlarimiz – bilim, tarbiya, sog‘lom va farovon avlod tarbiyasida namoyon bo‘lishi kerak. Erta nikoh esa hech qachon qadriyat emas – u yoshlar kelajagiga soya soluvchi muammo ekanligini unutmaylik!

Slide 1 of 3