Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashining navbatdagi 17-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Obodlik ko‘ngildan boshlanadi: Uzun tumani deputatlari xalq bilan yelkadosh
янв.21
Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi nomidan samimiy muborakbod etamiz.
янв.21
Yangi kuch” mahallasida yangi tizim tahlili:
янв.21
Navbatdagi deputatlik so'rovi yuborildi
янв.21
Uzun tumanidagi "Erkinlik" mahallasida suv tarmogʻidagi nosozlik bartaraf etildi
янв.21
Madaniyat – millat ma'naviyatining mustahkam poydevori
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani kengashi raisi Dilorom Safarova tuman hokimi Xabibulla Bozorov bilan birgalikda eng iqtidorli bitiruvchilarga oltin va kumush medallarni topshirdi
янв.21
Deputatlar tomonidan DMTT faoliyati o‘rganildi
янв.21
San’atga yaratilgan har bir sharoit — kelajak iste’dodlariga ochilgan yangi imkoniyat
Ommaviy sportga bo‘lgan e’tibor – yoshlar tarbiyasida muhim omil

Ommaviy sportga bo‘lgan e’tibor – yoshlar tarbiyasida muhim omil

Yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirishga, ayniqsa mahallalardagi uyushmagan yoshlarni sportga keng jalb etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada amalga oshirilayotgan ishlarning yorqin namunasidan biri – “Besh tashabbus” doirasida tashkil etilayotgan ommaviy sport musobaqalaridir.

Termiz tumanidagi 31-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchi yoshlar o‘rtasida kurash bo‘yicha musobaqa tashkil etildi. Musobaqada 7 ta vazn toifasidagi yosh sportchilar o‘zaro kuch sinashib, katta shavq va ruh balandligida bellashdilar.

Bellashuvlar yakunida g‘olib va sovrindor sportchilar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Tantanali taqdirlash marosimida Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining 10-Yangi yo‘l saylov okrugidan saylangan deputati R. Shamanov ishtirok etib, musobaqa g‘oliblarini samimiy tabrikladi hamda ularga kelgusi faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tiladi.

Slide 1 of 7