Новости

TUMAN TIBBIYOT BIRLASHMASINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI

TUMAN TIBBIYOT BIRLASHMASINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI

11-Yangichek saylov okrugi deputati X. Soliyeva hamda 5-Churtuk saylov okrugi deputati A. Tojibayev tomonidan tuman tibbiyot birlashmasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida tibbiyot birlashmasining kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazishga tayyorgarligi, bino va inshootlarning isitish tizimi, mavjud muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining holati hamda tibbiyot xodimlari va bemorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, muassasani kuz-qish mavsumida uzluksiz va barqaror faoliyat yuritishini ta’minlash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda zarur choralarni ko‘rish masalalari yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish va kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 1