Новости

El ishonchi — oliy mas’uliyat: Okrugimizda muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash va aholi bandligini ta’minlash yo‘lidagi amaliy ishlar

El ishonchi — oliy mas’uliyat: Okrugimizda muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash va aholi bandligini ta’minlash yo‘lidagi amaliy ishlar

Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashining 14-Xo‘jamazgil saylov okrugi deputati A. Shokirov

Bugun mamlakatimizda «Inson qadri uchun» degan ezgu g‘oya asosida olib borilayotgan islohotlar har birimizdan, ayniqsa xalq vakili bo‘lgan deputatlardan yuksak mas’uliyat va jonkuyarlikni talab etmoqda. Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashiga 14-Xo‘jamazgil saylov okrugidan saylangan deputat sifatida mening asosiy maqsadim — saylovchilarim ishonchini oqlash, ehtiyojmand oilalarga manzilli yordam berish va hududimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etishdir.

Muhtoj oilalar bilan ishlash va ularning bandligini ta’minlashdagi shaxsiy tashabbuslarim

14-Xo‘jamazgil saylov okrugi hududida aholining kam ta’minlangan va ijtimoiy ҳимояга muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha «mahallabay» va «xonadonbay» tizimi asosida doimiy o‘rganishlar olib bormoqdamiz.

Ayniqsa, og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan oilalar bilan ishlashda va ularning bandligini ta’minlashda shaxsiy tashabbuslarim bilan quyidagi amaliy choralar ko‘rilmoqda:

  • «Tomorqadan unumli foydalanish» tashabbusi: Kam ta’minlangan oilalarga o‘z tomorqasidan barqaror daromad olishi uchun ko‘maklashmoqdamiz. Shaxsiy tashabbusim va ko‘magim bilan ehtiyojmand xonadonlarda ixcham issiqxonalar barpo etish, tomorqalarga yuqori daromadli ekinlar ekish hamda ularni urug‘, ko‘chat va o‘g‘it bilan ta’minlashga yordam berilmoqda.
  • Kredit va subsidiyalar ajratilishini jadallashtirish: Ehtiyojmand oila a’zolarining oilaviy tadbirkorlik, parrandachilik, quyonchilik va chorvachilikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha bildirgan istaklarini qo‘llab-quvvatlab, ularga imtiyozli kreditlar hamda davlat subsidiyalari ajratilishiga bevosita bosh-qosh bo‘lmoqdaman.
  • Hunarmandchilik va kasbga yo‘naltirish: Ishsiz xotin-qizlar va yoshlarni tumandagi kasb-hunarga o‘qitish markazlariga hamda hududdagi tajribali hunarmandlarga «Usta-shogird» an’anasi bo‘yicha biriktirish tashabbusini ilgari surdik. Natijada ko‘plab ehtiyojmand xonadon vakillari tikuvchilik, kasanachilik va hunarmandchilik yo‘nalishlarida doimiy daromad manbaiga ega bo‘lmoqda.
  • Tadbirkorlar bilan hamkorlikda yangi ish o‘rinlari: Okrugimizdagi saxovatpesha tadbirkorlar va fermer xo‘jaliklari bilan muloqot o‘rnatgan holda, muhtoj oilalarning mehnatga layoqatli a’zolarini doimiy va mavsumiy ishlarga joylashtirish bo‘yicha deputatlik tashabbuslarini amalga oshirmoqdamiz.

Okrugimizdagi ijtimoiy masalalarga yechim

Saylovchilar bilan o‘tkazilayotgan yuzma-yuz uchrashuvlar hamda fuqarolar qabullari davomida bildirilgan har bir murojaat e’borim markazida bo‘lib kelmoqda.

  • Infratuzilmani yaxshilash: 14-Xo‘jamazgil saylov okrugi hududidagi ichki yo‘llarni ta’mirlash, ichimlik suvi tarmoqlarini yaxshilash, elektr energiyasi va gaz ta’minotidagi uzilishlarni bartaraf etish yuzasidan deputatlik nazorati o‘rnatilgan.
  • Ijtimoiy ob’ektlar holati: Okrugimizdagi maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlarining moddiy-texnik bazasini мустаҳкамлаш, tibbiyot maskanlarida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini oshirish yuzasidan doimiy monitoring olib borilmoqda.
  • «Daftarlar» bilan manzilli ishlash: «Temir daftar», «Ayollar daftari» va «Yoshlar daftari»ga kiritilgan fuqarolarimizga manzilli irdam ko‘rsatish, ularning moddiy va ma’naviy muhitini yaxshilagachgina daftarlardan chiqarilishini ta’minlash qat’iy nazoratimizda.

Deputatlik so‘rovi va Kengash nazorati

Ehtiyojmand oilalar va aholi murojaatlarida ko‘tarilayotgan tizimli muammolarni hal etish maqsadida tuman Kengashi sessiyalari va doimiy komissiya yig‘ilishlarida tegishli masalalarni kun tartibiga olib chiqmoqdamiz. Ijrosi ortga surilayotgan yoki e’tiborsiz qoldirilayotgan masalalar bo‘yicha mansabdor shaxslarga deputatlik so‘rovlari yuborilib, ularning natijadorligi ustidan nazorat olib borilmoqda.

Xulosa

Biz, deputatlar xalqimizning ishonchli vakili sifatida har bir xonadonga kirib borishimiz, odamlarning quvonch-u tashvishiga sherik bo‘lishimiz shart. 14-Xo‘jamazgil saylov okrugida olib borayotgan ishlarimiz va ilgari surayotgan tashabbuslarimiz bundan buyon ham muhtoj oilalarni oyoqqa turgizish, aholimiz turmush farovonligini oshirish hamda hududimizni obod go‘shaga aylantirishga xizmat qiladi.

Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashining 14-Xo‘jamazgil saylov okrugi deputati A. Shokirov



Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashi

Slide 1 of 1