📌 Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi kotibiyat mudiri M.Kamolova tomonidan tuman mahallalarida joylashgan sport maydonchalarining bugungi holati o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida sport maydonchalarining texnik holati, jihozlanganlik darajasi, obodonlashtirilganligi hamda aholining, ayniqsa, yoshlarning sport bilan shug‘ullanishi uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
⚽️🏀🏐 Mahallalarda zamonaviy va qulay sport infratuzilmasini rivojlantirish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularni sog‘lom turmush tarziga keng jalb qilish muhim vazifalardan biridir.
🛠 O‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mavjud sport maydonchalarini ta’mirlash va zarur sport jihozlari bilan ta’minlash bo‘yicha tegishli takliflar bildirildi.
🌱 Sog‘lom avlod — yurt kelajagi!
💪 Mahallalarda sport uchun yaratilayotgan sharoitlar yoshlarning jismoniy faolligi va sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga xizmat qiladi.