Новости

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati D. Egamqulova tomonidan A. Navoiy mahallasida aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash hamda fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi va nazoratga olindi.

O‘rganish davomida mahallada aholining daromad manbalarini ko‘paytirish, ishsiz fuqarolarni bandlikka yo‘naltirish, kasb-hunarga o‘qitish hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

Shuningdek, fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish jarayoni, ularga yaratilayotgan sharoitlar va tibbiy xizmatlarning o‘z vaqtida ko‘rsatilishi masalalariga e’tibor qaratildi.

Deputat tomonidan mazkur yo‘nalishlarda belgilangan vazifalarning sifatli va samarali amalga oshirilishi, aniqlangan muammolarni bartaraf etish hamda aholining turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.