Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi kotibiyat mudiri M.Kamolova tomonidan ijtimoiy ehtiyojmand toifalarga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati va samaradorligi o‘rganildi.
🔎O‘rganish davomida kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lash tartibi, fuqarolarning ijtimoiy himoyasini ta’minlash borasidagi ishlar tahlil qilindi.
🤝Shuningdek, ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularga belgilangan tartibda sifatli xizmat ko‘rsatish hamda mavjud muammolarni aniqlash va bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✅ O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada oshirish hamda aholining ehtiyojmand qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
📍 Aholining ijtimoiy himoyasi — doimiy e’tiborda!