35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

 Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashining 2-Shalxar saylov okrugi deputati K.Narchayev tomonidan Shalxar OFYda xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida hududdagi xotin-qizlarning murojaatlari va muammolarini aniqlash, ularni qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar bilan ishlash hamda oilalarda sog‘lom muhitni shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

🤝 Shuningdek, xotin-qizlar faoli tomonidan olib borilayotgan ishlarning samaradorligini oshirish, aniqlangan muammolarni manzilli hal etish va xotin-qizlar bilan ishlashda mahalla, mutasaddi tashkilotlar hamda deputatlik nazoratini kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

📌 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va kelgusida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ishlarni yanada kuchaytirish belgilab olindi.

Slide 1 of 4