DORIXONALAR FAOLIYATI VA DORI VOSITALARI SAVDOSI O‘RGANILADI
🏛 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan 2026-yil 20-oktabr kuni DKQ 03-03/170-26-sonli qaror qabul qilindi.
➕ Qarorga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 185-sonli qarori ijrosining tumandagi holati o‘rganiladi.
🌐 O‘rganish davomida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratiladi:
✅ Dorixonalarda dori vositalari va tibbiy buyumlarni realizatsiya qilish tartibiga rioya etilishi;
✅ Farmatsevtika faoliyati uchun zarur litsenziya va ruxsat beruvchi hujjatlarning mavjudligi;
✅ Dori vositalarining kelib chiqishi, saqlash sharoitlari va yaroqlilik muddatlari;
✅ Sifatsiz, qalbakilashtirilgan va yaroqlilik muddati o‘tgan mahsulotlar savdosining oldini olish choralari;
✅ Aniqlangan kamchiliklar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar.
👍 O‘rganish ishlari tegishli vakolatli organlar bilan hamkorlikda, tasdiqlangan savolnoma asosida amalga oshiriladi. Yakuniy natijalar doimiy komissiya yig‘ilishida muhokama qilinib, zaruratga ko‘ra Kengash sessiyasi kun tartibiga tavsiya etiladi.
🤩 Maqsad — farmatsevtika faoliyatida qonunchilik talablariga rioya etilishini o‘rganish hamda aholini sifatli va xavfsiz dori vositalari bilan ta’minlashga qaratilgan ishlar samaradorligini oshirish.