Новости

Последние новости

янв.21
UCHTEPA TUMANIDAGI 197-SONLI MAKTABDA ILK RIVOJLANISH MARKAZI OCHILDI
янв.21
TOSHKENT SHAHRIDA ISSIQLIK TARMOQLARIDAGI AVARIYALARNING OLDINI OLISH VA ULARNI TEZKOR BARTARAF ETISH YUZASIDAN SAVOL YO‘LLANDI
янв.21
TOSHKENT SHAHRIDA ISSIQLIK TA’MINOTI TIZIMINI KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORLASH YUZASIDAN SAVOL YO‘LLANDI
янв.21
“BELTEPA” MAHALLASIDA KO‘P QAVATLI UYLARNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
PARLAMENT KOMISSIYASI GRANT TANLOVLARI G‘OLIBLARINI TASDIQLADI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI TOSHKENT SHAHAR KENGASHI DEPUTATI TOSHPO‘LAT MATIBAYEV 2026-YILNING UCHINCHI CHORAGI BO‘YICHA SAYLOVCHILARGA AXBOROT BERDI
янв.21
“KATTA JARARIQ” MAHALLASIDA AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILIB, AYRIM MUAMMOLAR JOYIDA HAL ETILDI
янв.21
YASHNOBOD TUMANIDA YO‘L HARAKATI XAVFSIZLIGI, AVTOBUS BEKATI VA TRANSPORT TIRBANDLIKLARI MASALALARI DEPUTATLIK SO‘ROVI ORQALI KO‘TARILDI
янв.21
Toshpo'lat Matibayevning "РЕШАТЬ ПРОБЛЕМЫ ЖИТЕЛЕЙ - ГЛАВНАЯ ЗАДАЧА ДЕПУТАТА" mavzusidagi maqolasi bilan tanishing.
янв.21
21-OKTABR — O‘ZBEK TILI BAYRAMI KUNI MUBORAK BO‘LSIN!
“BELTEPA” MAHALLASIDA KO‘P QAVATLI UYLARNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI

#Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol

❗️ “BELTEPA” MAHALLASIDA KO‘P QAVATLI UYLARNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Umid Sanakulov tomonidan Shayxontohur tumanidagi “Beltepa” mahalla fuqarolar yig‘inida ko‘p qavatli turar joylarning 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi, kommunal xizmatlar uzluksizligini ta’minlash hamda aholiga qulay va xavfsiz yashash sharoitlarini yaratish yuzasidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.

🔺 O‘rganishda Xalq deputatlari Shayxontohur tuman Kengashi deputati K. Karimov, tuman Kengashi kotibiyati mudiri D. Asadullayev, mahalla faollari hamda boshqaruv servis kompaniyalari raislari ishtirok etdi.

🔎 O‘rganish davomida hududdagi ko‘p qavatli uylarning yerto‘lalari, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va ularning texnik holati bevosita ko‘zdan kechirildi. Asosiy e’tibor sovuq kunlarda kommunal tizimlarning barqaror ishlashini ta’minlash, ehtimoliy nosozliklarning oldini olish hamda mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish masalalariga qaratildi.

♨️ Xususan, yerto‘lalarda joylashgan issiqlik ta’minoti tarmoqlari, quvurlar va tegishli texnik tizimlarning kuz-qish mavsumiga tayyorligi o‘rganildi. Isitish tizimlarining uzluksiz ishlashi, ko‘p qavatli uylarda zarur haroratni ta’minlash hamda mavsum davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish muhimligi ta’kidlandi.

💦 Shuningdek, ichimlik va oqova suv tarmoqlari, kanalizatsiya tizimlarining texnik holati, quvurlarning sovuq ob-havo sharoitida ishlashga tayyorligi hamda kommunal infratuzilmaning ishonchliligiga alohida e’tibor qaratildi.

🏢 Deputat Umid Sanakulov boshqaruv servis kompaniyalari raislari bilan ko‘p qavatli uy-joy fondini mavsumga tayyorlash, yerto‘lalarni talab darajasida saqlash, muhandislik tarmoqlariga texnik xizmat ko‘rsatish va aniqlangan nosozliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish masalalari yuzasidan fikr almashdi.

🛠 O‘rganish jarayonida uy-joy fondining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar ko‘rib chiqilib, aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

🤝 Mazkur jarayonda kommunal xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar, boshqaruv servis kompaniyalari va mahalla faollari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, yuzaga keladigan muammolarga tezkor munosabat bildirish hamda aholining murojaatlariga manzilli yondashish zarurligi qayd etildi.

♻️ Ushbu o‘rganishlar mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlari, xususan, kuz-qish mavsumida isitish tizimlari holatini nazorat qilish, boshqaruv servis kompaniyalari faoliyati samaradorligini o‘rganish, ko‘p qavatli uylarning yerto‘lalari va umumiy foydalanishdagi hududlarini talab darajasida saqlash, ichimlik suvi hamda boshqa kommunal xizmatlar uzluksizligini ta’minlash vazifalari bilan bevosita bog‘liq.

🗣 Deputat Umid Sanakulov aholining sovuq kunlarda qulay va xavfsiz yashashi, issiqlik hamda suv ta’minoti tizimlarining barqaror ishlashi uchun zarur choralar o‘z vaqtida ko‘rilishi lozimligini alohida ta’kidladi.

📉 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini joyiga chiqib o‘rganish hamda kommunal xizmatlar sifatini yaxshilashga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 3