O‘rganish davomida xotin-qizlar bilan ishlash, ularning murojaatlarini o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash hamda ayollarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar holatiga e’tibor qaratildi.
O‘rganish yakunida aniqlangan muammolarni hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborish belgilandi.
Maqsad — xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolariga yechim topish va mahallada ayollar uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash.