Новости

Последние новости

янв.21
USTOZGA EHTIROM — YUKSAK QADRIYAT
янв.21
“ZANGIOTA” MAHALLASIDAGI BOLALAR FUTBOL MAYDONCHASI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
“TEPAGUZAR” MAHALLASIDAGI INFRASTRUKTURA VA XAVFSIZLIK BILAN BOG‘LIQ MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
TA’LIM SIFATI VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
Xavfsizlik sohasi
янв.21
USTOZ — KELAJAK ME’MORI
янв.21
“YO‘LIMIZGA MAYOQ BO‘LING, AZIZ USTOZ!” — USTOZ VA MURABBIYLARGA EHTIROM
янв.21
USTOZ VA MURABBIYLARGA EHTIROM — KELAJAK AVLODGA E’TIBOR
янв.21
“Mohirlar” mahallasida jamoat transporti va yo‘l harakati xavfsizligiga oid uchta muhim masala deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi
USTOZGA EHTIROM — YUKSAK QADRIYAT

#Ustozga_ehtirom #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ USTOZGA EHTIROM — YUKSAK QADRIYAT

🏛 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Sevara Fayziyeva o‘zi saylangan Yashnobod tumanidagi “Qo‘yliqobod” mahallasida istiqomat ko‘pyillik o‘qituvchi Umarova Arofat opa xonadonida bo‘lib, ustozni kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etdi.

🔺 Uchrashuv yillarni bog‘lagan ustoz va shogirdning samimiy muloqotiga aylandi. Mehr, hurmat va minnatdorlikka yo‘g‘rilgan suhbat davomida ustozning hayotiy saboqlari, shogirdlik davridagi unutilmas xotiralar hamda bugungi kun quvonchlari yodga olindi.

📚 Ustoz — inson qalbiga ilm va ma’rifat nurini olib kiradigan, uning kelajak yo‘lini belgilashga ko‘maklashadigan ulug‘ zot. Ustoz bergan bilim va tarbiya yillar o‘tsa-da, shogirdning hayot yo‘lida muhim ma’naviy tayanch bo‘lib qoladi.

🌱 Ayniqsa, yosh avlodni bilimli, ma’naviy yetuk, Vatanga sadoqatli va jamiyat hayotida faol insonlar etib tarbiyalashda o‘qituvchi va murabbiylarning o‘rni beqiyos. Shu jihatdan, ustozlarga hurmat ko‘rsatish, ularning hayotiy tajribasi va ibratli yo‘lini yosh avlodga yetkazish muhim ahamiyat kasb etadi.

📉 Mazkur uchrashuv mahalliy Kengash deputati faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan bo‘lgan yoshlar ta’lim-tarbiyasiga e’tibor qaratish, ularning ma’naviy kamolotini qo‘llab-quvvatlash hamda mahallalarda avlodlar o‘rtasidagi vorisiylikni mustahkamlash kabi ezgu maqsadlar bilan hamohangdir.

💐 Sevara Fayziyeva ustozga samimiy minnatdorlik bildirib, Arofat opani O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan qutladi hamda unga mustahkam sog‘lik, uzoq umr, oilaviy xotirjamlik va shogirdlari ardog‘ida bo‘lib yurishni tiladi.

✨ Ustozga ehtirom — ilmga, ma’rifatga va kelajakka ehtiromdir. Xalqimizning ustozni ulug‘lashdek azaliy qadriyati esa avlodlarni bir-biriga bog‘lab turuvchi mustahkam ma’naviy rishtadir.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 3