Новости

Последние новости

янв.21
“TEPAGUZAR” MAHALLASIDAGI INFRASTRUKTURA VA XAVFSIZLIK BILAN BOG‘LIQ MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
TA’LIM SIFATI VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
Xavfsizlik sohasi
янв.21
USTOZ — KELAJAK ME’MORI
янв.21
“YO‘LIMIZGA MAYOQ BO‘LING, AZIZ USTOZ!” — USTOZ VA MURABBIYLARGA EHTIROM
янв.21
USTOZ VA MURABBIYLARGA EHTIROM — KELAJAK AVLODGA E’TIBOR
янв.21
“Mohirlar” mahallasida jamoat transporti va yo‘l harakati xavfsizligiga oid uchta muhim masala deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va murojaatlar sohasi
янв.21
O‘zbekiston–Belarus parlamentlararo forumida Toshkent shahar Kengashi vakili ishtirok etmoqda
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va murojaatlar sohasi
USTOZ — KELAJAK ME’MORI

#Ustozga_ehtirom #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ USTOZ — KELAJAK ME’MORI

🏛 Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi tomonidan 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan “Ustoz — kelajak me’mori” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

🎙 Tadbirni Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi raisi O. Salimov kirish so‘zi bilan ochib, barcha ustoz va murabbiylarni kasb bayrami bilan samimiy tabrikladi. Shundan so‘ng ma’ruza uchun so‘z Qiyom Normirzayevichga berildi.

📚 Ma’ruzada davlatimiz rahbari tomonidan o‘qituvchi va murabbiylar uchun yaratilayotgan shart-sharoit va imkoniyatlar, Yangi O‘zbekistondagi yangilanish hamda transformatsiya jarayonlari, insonlarni rozi qilishga qaratilgan islohotlar, shuningdek, zamonaviy rahbarning ma’naviy-axloqiy fazilatlari haqida batafsil fikr yuritildi.

🔺 Tadbir davomida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi rahbari Sarvar Irgashev ham so‘zga chiqib, ustoz va murabbiylarning yosh avlodni bilimli, ma’naviy yetuk, vatanparvar hamda mustaqil fikrlaydigan insonlar etib tarbiyalashdagi beqiyos o‘rnini alohida ta’kidladi.

📝 Shuningdek, yoshlarning iste’dod va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning sifatli ta’lim olishi, ilmiy salohiyatini yuksaltirish, bandligini ta’minlash hamda jamiyat hayotidagi faolligini oshirish borasidagi ustuvor vazifalar haqida fikr bildirdi.

💬 Qizg‘in savol-javoblarga boy bo‘lgan tadbir davomida faol ishtirokchilarga esdalik sovg‘asi sifatida kitoblar topshirildi. Ushbu adabiyotlar yoshlarning mantiqiy va tahliliy fikrlashini rivojlantirish, bilimlarini mustahkamlash hamda muammolarga mustaqil yechim topish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qilishi qayd etildi.

📉 Tadbirda oliy ta’lim muassasalarining prorektorlari va bo‘lim boshliqlari, yosh professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar, iqtidorli talabalar hamda akademik litsey o‘quvchilari bevosita ishtirok etdi. Hududlardagi oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, mutaxassislari, professor-o‘qituvchilari va tadqiqotchilari esa Zoom platformasi orqali tadbirga qo‘shildi.

✨ Zero, ustozga ko‘rsatilgan ehtirom — ilm-ma’rifatga, yoshlar kelajagiga va yurt taraqqiyotiga ko‘rsatilgan e’tibordir.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10