Новости

Последние новости

янв.21
USTOZGA EHTIROM — YUKSAK QADRIYAT
янв.21
“ZANGIOTA” MAHALLASIDAGI BOLALAR FUTBOL MAYDONCHASI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
“TEPAGUZAR” MAHALLASIDAGI INFRASTRUKTURA VA XAVFSIZLIK BILAN BOG‘LIQ MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
TA’LIM SIFATI VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
Xavfsizlik sohasi
янв.21
USTOZ — KELAJAK ME’MORI
янв.21
“YO‘LIMIZGA MAYOQ BO‘LING, AZIZ USTOZ!” — USTOZ VA MURABBIYLARGA EHTIROM
янв.21
USTOZ VA MURABBIYLARGA EHTIROM — KELAJAK AVLODGA E’TIBOR
янв.21
“Mohirlar” mahallasida jamoat transporti va yo‘l harakati xavfsizligiga oid uchta muhim masala deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi
#haftalik_ish_reja_ijrosi #kunlik_ish_reja_ijrosi #doimiy_komissiya_faoliyati #ekspert_guruhi #biriktirilgan_tashkilot #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati Sport maktabi faoliyati deputatlik nazoratida
Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sportga keng jalb qilish hamda sport maktablarida yaratilgan shart-sharoitlarni yaxshilash borasidagi ishlar deputatlik nazorati doirasida o‘rganilmoqda.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov, Kengashning Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi, ekspert guruhi rahbari A.Mustafakulov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurov tomonidan shahardagi sport maktablaridan birida o‘rganish olib borildi.

Tashrif davomida mazkur sport maktabining faoliyati, sport to‘garaklarining tashkil etilishi, shug‘ullanuvchi yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud moddiy-texnik baza hamda sport inventarlari holati bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, deputatlarga biriktirilgan tashkilot sifatida mazkur sport maktabida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar ham tahlil qilindi.

O‘rganish davomida sport bilan shug‘ullanish istagidagi yoshlar uchun qulay sharoitlarni yanada kengaytirish, sport inshootlaridan samarali foydalanish va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Deputatlik nazorati — muammo va kamchiliklarni joyida aniqlash, ularning yechimiga amaliy ko‘maklashish va fuqarolar manfaatlarini ta’minlashning muhim vositasidir.
Slide 1 of 3