Новости

Последние новости

янв.21
Zamonaviy rahbarlikning asosi nimada? Vakolatdan ko‘ra muhimroq bir qadriyat bor: bu halollik. Uning jamiyat va davlat uchun ahamiyatini tahlil qilamiz.
янв.21
OLIY MAJLIS SENATINING YIGIRMANCHI YALPI MAJLISI O‘Z ISHINI BOSHLADI
янв.21
KATTA CHO‘PONOTA MAHALLASIDA USTOZ VA MURABBIYLARGA EHTIROM
янв.21
USTOZGA EHTIROM — YUKSAK QADRIYAT
янв.21
“ZANGIOTA” MAHALLASIDAGI BOLALAR FUTBOL MAYDONCHASI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
“TEPAGUZAR” MAHALLASIDAGI INFRASTRUKTURA VA XAVFSIZLIK BILAN BOG‘LIQ MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
TA’LIM SIFATI VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
Xavfsizlik sohasi
янв.21
USTOZ — KELAJAK ME’MORI
Hududdagi madaniyat muassasalari va muzeylar, kutubxonalar holati o'rganildi

Hududdagi madaniyat muassasalari va muzeylar, kutubxonalar holati o'rganildi

📍 Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi deputati B.Baxovadinov, kotibiyat bosh mutaxassisi Sh.Sidikovalar tomonidan deputatlik nazorati doirasida O‘rta Chirchiq tumani Axborot-kutubxona markazi faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.

📚 O‘rganish davomida muassasada aholiga axborot-kutubxona xizmatlari ko‘rsatish sifati, kitob fondining holati, mavjud adabiyotlarni saqlash sharoitlari, o‘quv zallari faoliyati hamda kitobxonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, kutubxona fondini yangi va dolzarb adabiyotlar bilan boyitish, elektron axborot resurslaridan samarali foydalanish, zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish hamda kitobxonlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📖 Mas’ullar bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida axborot-kutubxona markazining jamiyat ma’naviy hayotidagi o‘rni va ahamiyatini yanada kuchaytirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib etish, mutolaa an’analarini rivojlantirish, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar ko‘lamini kengaytirish hamda jahon va milliy adabiyotning eng sara namunalarini kitob fondiga muntazam jalb etish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 2