Новости

Последние новости

янв.21
Zamonaviy rahbarlikning asosi nimada? Vakolatdan ko‘ra muhimroq bir qadriyat bor: bu halollik. Uning jamiyat va davlat uchun ahamiyatini tahlil qilamiz.
янв.21
OLIY MAJLIS SENATINING YIGIRMANCHI YALPI MAJLISI O‘Z ISHINI BOSHLADI
янв.21
KATTA CHO‘PONOTA MAHALLASIDA USTOZ VA MURABBIYLARGA EHTIROM
янв.21
USTOZGA EHTIROM — YUKSAK QADRIYAT
янв.21
“ZANGIOTA” MAHALLASIDAGI BOLALAR FUTBOL MAYDONCHASI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
“TEPAGUZAR” MAHALLASIDAGI INFRASTRUKTURA VA XAVFSIZLIK BILAN BOG‘LIQ MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
TA’LIM SIFATI VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
Xavfsizlik sohasi
янв.21
USTOZ — KELAJAK ME’MORI
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN KO‘PRIK TA’MIRLANMOQDA

Xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashi deputati Sh.Xudoyqulov tomonidan o‘z saylov okrugida fuqarolarning murojaatlari o‘rganilib, ularni hal etish yuzasidan amaliy ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, fuqarolar tomonidan Oltin Vodiy MFYdagi Cho‘lpon, Yangi yo‘l hamda Ma’rifat ko‘chalarini Bobur MFYdagi Katta bog‘ ko‘chasi bilan bog‘lovchi zovur ustidagi ko‘prikni ta’mirlash va tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish yuzasidan murojaatlar bildirilgan.

Mazkur murojaatlar deputat tashabbusi bilan o‘rganilib, ayni kunlarda ko‘prikning ustki qismiga metall qoplama yotqizish ishlari amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, ko‘prikni tungi vaqtda xavfsiz va qulay foydalanish imkonini ta’minlash maqsadida yoritish chiroqlarini o‘rnatish bo‘yicha ham tegishli ishlar olib borilmoqda.

Mazkur amaliy ishlar hudud infratuzilmasini yaxshilash, fuqarolar uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1