Новости

Последние новости

янв.21
USTOZGA EHTIROM — YUKSAK QADRIYAT
янв.21
“ZANGIOTA” MAHALLASIDAGI BOLALAR FUTBOL MAYDONCHASI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
“TEPAGUZAR” MAHALLASIDAGI INFRASTRUKTURA VA XAVFSIZLIK BILAN BOG‘LIQ MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
TA’LIM SIFATI VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
Xavfsizlik sohasi
янв.21
USTOZ — KELAJAK ME’MORI
янв.21
“YO‘LIMIZGA MAYOQ BO‘LING, AZIZ USTOZ!” — USTOZ VA MURABBIYLARGA EHTIROM
янв.21
USTOZ VA MURABBIYLARGA EHTIROM — KELAJAK AVLODGA E’TIBOR
янв.21
“Mohirlar” mahallasida jamoat transporti va yo‘l harakati xavfsizligiga oid uchta muhim masala deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi
Maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati deputat tomonidan joyida o‘rganildi

Xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashi deputati Zoidova Gulmira Abdunabiyevna tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 5-apreldagi “Chiqindilar to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘z saylov okrugidagi Tashabbus ko‘chasida maishiy chiqindilarni belgilangan grafik asosida o‘z vaqtida olib chiqish holati joyiga chiqqan holda atroflicha o‘rganildi.

O‘rganishlar hamda fuqarolar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotlar davomida hududda maishiy chiqindilarni olib chiqish ishlari ayrim hollarda belgilangan jadval asosida amalga oshirilmayotgani, buning natijasida chiqindilar o‘z vaqtida olib ketilmay, sanitariya holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani aniqlandi. Mazkur holat fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va e’tirozlarning asosiy mavzularidan biri bo‘ldi.


Muloqot davomida aholi tomonidan chiqindilarni olib chiqish xizmatlari sifatini yaxshilash, belgilangan grafik asosida uzluksiz xizmat ko‘rsatishni ta’minlash hamda hududlarda sanitariya-tozalik ishlarini kuchaytirish yuzasidan qator takliflar bildirildi.

Aniqlangan muammolarni bartaraf etish maqsadida tegishli korxona, tashkilot va mas’ul idoralar bilan hamkorlikda zarur amaliy choralarni ko‘rish, chiqindilarni olib chiqish tizimini belgilangan grafik asosida yo‘lga qo‘yish hamda xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha ishlarni tashkil etish belgilab olindi.

Slide 1 of 1