Новости

Последние новости

янв.21
BANK-MOLIYA AKADEMIYASIDA USTOZ VA MURABBIYLARGA YUKSAK EHTIROM KO‘RSATILDI
янв.21
“Sharof Rashidov” mahallasidagi piyodalar yo‘lagini kengaytirish masalasi takroriy deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi
янв.21
BOLALAR UCHUN MUNOSIB SHAROIT — 94-SONLI DMTTDA MAVJUD MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
Zamonaviy rahbarlikning asosi nimada? Vakolatdan ko‘ra muhimroq bir qadriyat bor: bu halollik. Uning jamiyat va davlat uchun ahamiyatini tahlil qilamiz.
янв.21
OLIY MAJLIS SENATINING YIGIRMANCHI YALPI MAJLISI O‘Z ISHINI BOSHLADI
янв.21
KATTA CHO‘PONOTA MAHALLASIDA USTOZ VA MURABBIYLARGA EHTIROM
янв.21
USTOZGA EHTIROM — YUKSAK QADRIYAT
янв.21
“ZANGIOTA” MAHALLASIDAGI BOLALAR FUTBOL MAYDONCHASI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
“TEPAGUZAR” MAHALLASIDAGI INFRASTRUKTURA VA XAVFSIZLIK BILAN BOG‘LIQ MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILDI
NIZOLI OILALAR BILAN PROFILAKTIK ISHLAR OLIB BORILMOQDA

🌿 NIZOLI OILALAR BILAN PROFILAKTIK ISHLAR OLIB BORILMOQDA

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Hasanova Gulshan Zokirovna hamda Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyatining bosh mutaxassisi Muborak Astanova tomonidan  13-Umid saylov okrugi hududidagi Ziyokor mahallasida mahalla vakillari bilan hamkorlikda nizoli oilalar bilan uchrashuv o‘tkazib, ularning muammolarini o‘rgandi.

🤝 Uchrashuv davomida oilalarda sog‘lom muhitni shakllantirish, oila a’zolari o‘rtasida o‘zaro hurmat va hamjihatlikni mustahkamlash, kelishmovchiliklarning oldini olish hamda mavjud muammolarni tinch yo‘l bilan hal etish masalalari muhokama qilindi.

⚖️ Mazkur yo‘nalishdagi ishlar O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-sentabrdagi O‘RQ-561-son “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni bilan belgilangan huquqiy normalar asosida amalga oshiriladigan profilaktik chora-tadbirlar bilan uyg‘unlashadi.

📌 Suhbat davomida nizoli oilalarning muammolari tinglanib, oilaviy kelishmovchiliklarni bartaraf etish, oila a’zolari o‘rtasida o‘zaro hurmat va mas’uliyatni kuchaytirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

🏘 Shuningdek, mahalla vakillari bilan hamkorlikda oilalardagi muammolarni muntazam o‘rganish, nizoli vaziyatlarning kelib chiqish sabablarini barvaqt aniqlash va ularning oldini olish muhimligi ta’kidlandi.

💬 Oila tinchligi va farovonligi jamiyat barqarorligining muhim omilidir. Shu sababli oilalarda sog‘lom muhitni shakllantirish, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda oilaviy nizolarning oldini olishga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish zarur.

✨ Tinch va farovon oila — mustahkam jamiyat poydevoridir!

Slide 1 of 1