Новости

Последние новости

янв.21
Zamonaviy rahbarlikning asosi nimada? Vakolatdan ko‘ra muhimroq bir qadriyat bor: bu halollik. Uning jamiyat va davlat uchun ahamiyatini tahlil qilamiz.
янв.21
OLIY MAJLIS SENATINING YIGIRMANCHI YALPI MAJLISI O‘Z ISHINI BOSHLADI
янв.21
KATTA CHO‘PONOTA MAHALLASIDA USTOZ VA MURABBIYLARGA EHTIROM
янв.21
USTOZGA EHTIROM — YUKSAK QADRIYAT
янв.21
“ZANGIOTA” MAHALLASIDAGI BOLALAR FUTBOL MAYDONCHASI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
“TEPAGUZAR” MAHALLASIDAGI INFRASTRUKTURA VA XAVFSIZLIK BILAN BOG‘LIQ MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
TA’LIM SIFATI VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
Xavfsizlik sohasi
янв.21
USTOZ — KELAJAK ME’MORI
ISTIQBOL MAHALLASIDA OBODONLASHTIRISH VA KO‘KALAMZORLASHTIRISH ISHLARI AMALGA OSHIRILDI

ISTIQBOL MAHALLASIDA OBODONLASHTIRISH VA KO‘KALAMZORLASHTIRISH ISHLARI AMALGA OSHIRILDI

📍 Olmazor tumani "Istiqbol" mahallasi hududini obodonlashtirish, sanitariya holatini yaxshilash, atrof-muhitni yanada ko‘rkamlashtirish hamda fuqarolar uchun qulay va munosib sharoit yaratish maqsadida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari olib borildi.

❗️Mazkur ezgu tashabbus xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Raximqul Maxammadiyev tomonidan Olmazor tumani Obodonlashtirish boshqarmasi hamkorligida "Istiqbol" mahalla hududini yanada fayzli va obod maskanga aylantirish ishlari amalga oshirildi.

🌿 Obodonlashtirish ishlari doirasida hududdagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, ko‘cha va yo‘laklarni tartibga keltirish, hududning sanitariya-tozalik holatini yaxshilash, yashil maydonlarni asrab-avaylash hamda mahalla qiyofasini yanada chiroyli ko‘rinishga keltirishga alohida e’tibor qaratildi.

🗣 Shuningdek, hududda tozalik va tartibni ta’minlash, mavjud infratuzilmani saqlash hamda mahallaning umumiy obodligini oshirish bo‘yicha tegishli ishlar amalga oshirildi.

📌 Ta’kidlash joizki, mahallalarni obodlashtirish va aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish borasidagi bunday amaliy tashabbuslar fuqarolarning yashash muhitini yaxshilash bilan bir qatorda, mahallada hamjihatlik va jamoatchilik faolligini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

⚡️ Obod mahalla — farovon hayot garovi. Shu bois hududlarni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va toza-ozoda saqlash borasidagi ishlarni izchil davom ettirish muhim ahamiyat kasb etadi.

👇 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Slide 1 of 7