Новости

Последние новости

Kuz-qish mavsumida oziq-ovqat ta’minoti

Aholini yil davomida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan barqaror ta’minlash va oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash yuzasidan deputatlik nazorati olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini kuz-qish mavsumlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan barqaror ta’minlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2026-yil 25-martdagi PQ–108-sonli  qarori ijrosi doirasida Termiz shahrida nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Shu maqsadda, Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurov Kengashning 25-"Kokildorota" saylov okrugi deputati M.Sidiqova okrugi hududidagi "Kokildorota" mahallasida joylashgan 7 gektar maydondagi yangi issiqxona majmuasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
O‘rganish davomida issiqxonada yaratilgan sharoitlar, zamonaviy sug‘orish texnologiyalari, yetishtirilayotgan mahsulotlar hamda mavjud ishlab chiqarish imkoniyatlariga e’tibor qaratildi.

Bunday issiqxona xo‘jaliklari aholini kuz-qish mavsum davomida sabzavot mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash, mahalliy bozorda taklifni oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va xotin-qizlar hamda yoshlar bandligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Deputatlik nazoratining asosiy maqsadi — Prezident qarorida belgilangan vazifalar ijrosini joylarda o‘rganish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanilishini tahlil qilish va aholini kuz-qish mavsumida sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan barqaror ta’minlashga ko‘maklashishdan iborat.

Slide 1 of 1