Новости

Последние новости

Saylovchilarga axborot berildi

Xalq deputatlari Sharof Rashidov tuman Kengashiga 3-Xavastlik saylov okrugidan, 5-Yangidiyor saylov okrugidan saylangan deputatlar G.Isomxonova va N.Asqarova tomonidan Qulpisar mahallasida saylovchilarga axborot berildi.

Uchrashuv davomida dastlab o‘tgan chorak davomida amalga oshirilgan, deputatlik faoliyati yuzasidan axborot berildi. Jumladan, yuborilgan deputatlik so‘rovlari, Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyalarida ko‘rib chiqilgan masalalar, qabul qilingan jami qarorlar, shundan normativ qarorlar, tuman Kengashida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati hamda deputatlarning saylov okrugida amalga oshirilgan ishlari haqida batafsil axborot berildi.

Shuningdek, deputatlar tomonidan deputatlik so‘rovlari asosida hududdagi mavjud muammolarni bartaraf etish, ichki yo‘llarni ta'mirlash, obodonlashtirish, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, ichimlik suvi va elektr ta'minotini yaxshilash borasida olib borilgan ishlar hamda ularning natijalari yuzasidan ma'lumotlar taqdim etildi.
Uchrashuvda tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Raxmonov, tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi rahbari J.Absalomov, tuman Obodonlashtirish boshqarmasi, suv ta'minoti, gaz ta'minoti hamda elektr ta'minoti korxonalari vakillari ishtirok etishdi.

Ochiq muloqot davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar tinglanib, ularning yechimi yuzasidan mas'ul tashkilotlar ishtirokida muhokamalar o‘tkazildi.

Uchrashuvda tuman Obodonlashtirish boshqarmasi, suv ta'minoti, gaz ta'minoti hamda elektr ta'minoti korxonalari vakillari ishtirok etib, ko‘tarilgan masalalar yuzasidan fuqarolarga tegishli tushuntirishlar berishdi hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar haqida ma'lumot taqdim etdilar.

Uchrashuv yakunida bildirilgan barcha murojaatlar deputatlik nazoratiga olinib, ularning ijrosini ta'minlash yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Slide 1 of 3