Новости

Последние новости

21-Oktabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun!

21-Oktabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun!

🔰2026- yil 21- oktyabr kuni Afg'oniston fuqarolarini o'qitish ta'lim markazida 21-oktyabr-O'zbek tili bayrami munosabati bilan tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida Ona tilimiz — yurtimiz mustaqilligining maʼnaviy tayanchi, xalqimiz birdamligining ramzi ekanligi aytib o'tildi. Tadbirni Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Abdullayev Arzimurod Omonovich o'z tashabbusi bilan tashkil etdi. 

1989-yil 21-oktabrda “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinib, o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berildi. Bu tarixiy voqea xalqimizning milliy o‘zligini anglash, ona tilimizni asrab-avaylash va uning nufuzini yuksaltirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.

✅ O‘zbek tili – ajdodlarimizdan meros, qalbimizga yaqin va kelajak avlodlarga bezavol yetkazishimiz lozim bo‘lgan bebaho boylikdir. Uni e’zozlash, adabiy til me’yorlariga rioya qilish va kundalik hayotimizda to‘g‘ri qo‘llash har birimizning burchimizdir.

Slide 1 of 7