Ona tilimiz — millatimiz ğururi va ma’naviy boyligimiz!
Termiz tumanida Özbek tili bayrami munosabati bilan tantanali tadbir ötkazildi.
Bugun Termiz davlat pedagogika institutida Termiz tumani hokimligi hamkorligida 21-oktabr — Özbek tili bayrami kuni munosabati bilan tantanali tadbir taşkil etildi.
Unda Termiz tumani hokimligi, Xalq deputatlari tuman Kengaşi kotibiyati, Milliy tiklaniş demokratik partiyasi viloyat Kengaşi va tuman Adliya bölimi vakillari, institut professor-öqituvçilari hamda talaba-yoşlar iştirok etdi.
Tadbirda tuman hokimining bayram tabrigi öqib eşittirildi. Sözga çiqqanlar özbek tilining boy ifoda imkoniyatlari, jozibasi, milliy özligimiz va qadriyatlarimizni aks ettirişdagi beqiyos örni haqida söz yuritib, ona tilimizni asrab-avaylaş, uning nufuzini oşiriş va yoş avlod qalbida tilga hurmat tuyğusini mustahkamlaş muhimligini ta’kidladilar.
Tadbir doirasida inşolar tanlovida ğolib bölgan talaba-yoşlar hamda ularning ustozlariga tuman hokimining faxriy yorliqlari va kitoblar jamlanmalari topşirildi.
Bayram tadbiri institut talabalari tomonidan tayyorlangan ona tilimizni uluğlovçi sahna körinişlari, badiiy çiqişlar va mumtoz qöşiqlar bilan yanada mazmunli ötdi.