Новости

Последние новости

янв.21
Maktabdagi IT va robototexnika xonalari o‘rganildi
янв.21
Qoratepa arxeologiya yodgorligi o‘rganildi
янв.21
Maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Maktabdagi sport sharoitlari o‘rganildi
янв.21
Ko‘p qavatli uylardagi liftlar holati o‘rganildi
янв.21
Maktab kutubxonasining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mahallada kambag‘allikni qisqartirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI TERMIZ TUMAN KENGASHINING 2026-YIL 28 SENTABR 1 OKTABR KUNLARIGA MO‘LJALLANGAN ISH REJASI
янв.21
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputatlari va Kengash kotibiyati tomonidan 25-26 sentabr kunlari amalga oshirilgan ishlar yuzasidan dayjesti.
Maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi

Maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 2-Yangi O‘zbekiston saylov okrugi deputati O‘.Omonov saylangan Yangi obod MFU hududidagi 34-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida kuz-qish mavsumida o‘quvchilar uchun munosib sharoit yaratish maqsadida isitish tizimining holati va mavsumga tayyorgarligi o‘rganildi.

O‘rganish ishlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan amalga oshirilib, maktabdagi isitish tizimlarining texnik holati, ularning sozligi, xonalarni bir maromda isitish imkoniyati hamda mavsum davomida uzluksiz ishlashiga tayyorgarlik holati ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, o‘quv xonalari va boshqa binolarda issiqlik ta’minoti bilan bog‘liq masalalar o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Mazkur o‘rganish “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar” asosida, ta’lim muassasasida o‘quvchilar uchun xavfsiz va qulay sharoitlarni ta’minlash, mavsumiy tayyorgarlik holatini nazorat qilish hamda deputatlik nazoratini amalga oshirish maqsadida olib borildi.

Slide 1 of 7