Новости

Последние новости

янв.21
Maktabdagi IT va robototexnika xonalari o‘rganildi
янв.21
Qoratepa arxeologiya yodgorligi o‘rganildi
янв.21
Maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Maktabdagi sport sharoitlari o‘rganildi
янв.21
Ko‘p qavatli uylardagi liftlar holati o‘rganildi
янв.21
Maktab kutubxonasining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mahallada kambag‘allikni qisqartirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI TERMIZ TUMAN KENGASHINING 2026-YIL 28 SENTABR 1 OKTABR KUNLARIGA MO‘LJALLANGAN ISH REJASI
янв.21
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputatlari va Kengash kotibiyati tomonidan 25-26 sentabr kunlari amalga oshirilgan ishlar yuzasidan dayjesti.
Maktab kutubxonasining faoliyati o‘rganildi

Maktab kutubxonasining faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 2-Yangi O‘zbekiston saylov okrugi deputati O‘.Omonov saylangan Yangi obod MFU hududidagi 34-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, jumladan, maktab kutubxonasining holati va faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish ishlari tuman Kengashi mutaxassisi A.Abdullayeva tomonidan amalga oshirilib, kutubxonadagi mavjud adabiyotlar, o‘quvchilarning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini oshirish uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda kutubxonadan foydalanish holatiga e’tibor qaratildi.

Mazkur maktabda 560 nafar o‘quvchi, jumladan, 278 nafar o‘g‘il va 282 nafar qiz tahsil olmoqda. O‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshirish borasidagi imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi.

Zamonaviy va boy kutubxona — bilimli, ma’rifatli yoshlar tarbiyasining muhim maskani bo‘lib, bu kabi sharoitlar “Yangi O‘zbekiston” qiyofasini ta’lim muassasalarida amalda aks ettirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4