Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining 17-sessiyasida Termiz tuman hokimi Kalandarov Shuxrat Iskandarovichning ishtiroki alohida ahamiyat kasb etmoqda. Sessiya jarayonida hududni barqaror rivojlantirish, investitsiya loyihalarini kengaytirish, infratuzilmani takomillashtirish hamda ijtimoiy muammolarni bartaraf etish masalalari yuzasidan fikr almashilmoqda.
Tuman hokimi o‘z nutqida olib borilayotgan islohotlar samaradorligi, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha belgilangan aniq chora-tadbirlar haqida ma’lumot berib o‘tdi. Shuningdek, deputatlar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar muhokama qilinib, ularni amaliyotga joriy etish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.