Deputat 1-chorak yakunlari bo‘yicha saylovchilarga hisobot taqdim etdi:
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati Z. Achildiyev o‘ziga biriktirilgan saylov okrugida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv ochiq va muloqot ruhida bo‘lib o‘tdi. Unda deputat tomonidan 2026-yilning 1-choragi davomida hududda amalga oshirilgan ishlar, ko‘tarilgan masalalar yuzasidan ko‘rilgan amaliy choralar hamda deputatlik faoliyati doirasida bajarilgan vazifalar haqida batafsil axborot berildi.
Shuningdek, uchrashuv davomida aholi vakillari tomonidan hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalar, infratuzilmani yaxshilash, ichki yo‘llar holati, kommunal xizmatlar sifati, bandlikni ta’minlash hamda yoshlar masalalari yuzasidan bir qator taklif va murojaatlar bildirildi.
Muloqot jarayonida ko‘tarilgan har bir masala deputat tomonidan alohida qayd etilib, ularni tegishli tashkilotlar bilan
hamkorlikda hal etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.
Uchrashuv yakunida saylovchilar bilan doimiy muloqotni kuchaytirish, muammolarni joyida o‘rganish va tezkor yechim topish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.