Quyoshli yurt” mahallasida bunyodkorlik ishlari nazorat ostida
Deputatlar hududlarda olib borilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishmoqda. Xususan, “Quyoshli yurt” mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati G.Turdiyeva hududdagi Nurobod ko‘chasiga olib borilayotgan toza ichimlik suvi tarmog‘ini tortish ishlari bilan tanishdi. Ushbu loyiha aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash, turmush sharoitini yaxshilash hamda sanitariya holatini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Deputatlar tomonidan ishlarning borishi, sifati va belgilangan muddatlarga amal qilinishi alohida nazoratga olinib, mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
Hududlarni obod qilish, aholining farovonligini oshirish yo‘lida bunday ishlar izchil davom ettiriladi.