Hududda tozalik va tartib masalalari muhokama qilindi
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati A.Abdullayev o‘zi saylangan hududga tashrif buyurib, joylarda olib borilayotgan ishlar hamda mavjud muammolar bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning taklif va murojaatlari tinglandi.
Shuningdek, hududda chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish holati ham alohida ko‘zdan kechirildi. Bu boradagi mavjud kamchiliklar aniqlanib, ularni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Deputat tomonidan aholi uchun qulay va toza muhit yaratish, kommunal xizmatlar sifatini yaxshilash masalalari doimiy e’tiborda ekani ta’kidlandi. Bu yo‘nalishdagi ishlar izchil davom ettiriladi.