Termiz tuman Kengashi deputati A. Avliyakulov fuqarolar bilan uchrashdi: eski sim ustunlarni almashtirish ishlari boshlanganini ma’lum qildi
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati A. Avliyakulov o‘z saylovchilari yashaydigan hududda fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida aholi o‘z murojaatlari va takliflarini bevosita deputatga yetkazdi, shuningdek, kundalik hayotda duch kelayotgan muammolari haqida so‘zlab berdi.
Deputat fuqarolarning savollariga batafsil javoblar berdi va hududdagi mavjud muammolar, xususan, eski yog‘och sim ustunlarning xavfli holati masalasini to‘xtalib o‘tdi. Uchrashuvda A.Avliyakulov aholi bilan suhbat davomida, eski ustunlarni yangilash bo‘yicha ishlar navbatdagi bosqichi boshlanganini ma’lum qildi.
Shuningdek, deputat fuqarolarga bu kabi obodonlashtirish va xavfsizlikni oshirish bo‘yicha loyihalar muntazam ravishda amalga oshirilishini ta’kidladi. Uchrashuv oxirida aholi o‘z minnatdorchiligini bildirib, amaliy ishlarning tez va samarali davom etishiga umid bildirdi.