Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashi 20-Do‘ng saylov okrugidan saylangan deputat Sadinov Abror Samadovich tomonidan Do‘ng mahallasida joylashgan kutubxona faoliyati atroflicha o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida quyidagi muhim jihatlarga alohida e’tibor qaratildi:
🔹 kutubxona fondidagi kitoblar soni va ularning yangilanib borilishi;
🔹 o‘quvchilar uchun yaratilgan qulay o‘qish sharoitlari;
🔹 kompyuter va zamonaviy axborot texnologiyalari bilan ta’minlanganlik darajasi;
🔹 kitoblardan foydalanish ko‘rsatkichlari va statistik ma’lumotlar.
Mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar deputat tomonidan muntazam nazorat qilinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berib borilmoqda.