IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ OILA UCHUN QURILAYOTGAN UY-JOY JARAYONI O‘RGANILDI
✅ Xalq deputatlari Boysun tuman Kengashiga 24-Temir Darvoza saylov okrugidan saylangan deputat Bobomurodov Faxriddin Qurbonmurodovich tomonidan o‘z saylov okrugi hududida ijtimoiy himoyaga muhtoj oila uchun qurilayotgan uy-joyning qurilish jarayoni o‘rganildi.
✅ O‘rganish jarayonida Temir Darvoza mahalla fuqarolar yig‘ini raisi ishtirokida qurilish ishlarining borishi, amalga oshirilayotgan ishlar holati hamda uy-joyni belgilangan talablar asosida barpo etish masalalari ko‘rib chiqildi.
✅ Deputat tomonidan qurilish jarayoni bilan yaqindan tanishilib, ijtimoiy himoyaga muhtoj oila uchun yaratilayotgan ushbu sharoitlarning sifatli va maqsadli amalga oshirilishiga e’tibor qaratildi.
🤝 Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, ular uchun munosib yashash sharoitlarini yaratish va amalga oshirilayotgan ishlar ustidan jamoatchilik nazoratini ta’minlash — deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.