35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Termiz shahar Kengashining navbatdagi 25-sessiyasi oldidan: masalalar kelishib olindi
янв.21
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish va hudud obodonchiligi — deputat nazoratida
янв.21
“Temiryo‘l infratuzilma” hududidagi obodonlashtirish holati deputat nazoratida
янв.21
Deputat o‘z maqomidan shu jumladan nazorat vakolatlaridan quyidagi maqsadlardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi
янв.21
#kunlik_ish_reja #deputat_faoliyati Bugun Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlarining hududlardagi faoliyati bilan tanishing!
янв.21
“24 ta eng muhim yo‘nalish” mezoni asosida 15-sonli maktabdagi ta’lim-tarbiya va kutubxona faoliyati o‘rganildi
янв.21
Viloyat Bolalar kutubxonasida Abdulla Qahhor tavalludiga bag‘ishlangan ma’rifiy kecha bo‘lib o‘tdi!
янв.21
“Gulira’no” mahallasidagi muammo joyida o‘rganildi
янв.21
Qonun ustuvorligi amalda: Termiz shahar Adliya bo‘limi faoliyati O‘RQ-443 va O‘RQ-848-sonli qonunlar doirasida tahlil qilindi!
янв.21
“Temiryo‘lchi” mahallasida ichki yo‘l asfaltlanishi — deputat nazoratida!
“Temiryo‘l infratuzilma” hududidagi obodonlashtirish holati deputat nazoratida

Hududlarda obodonlashtirish va sanitariya talablariga rioya etilishini ta’minlash, mavjud kamchiliklarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish — deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Termiz shahar 1-“Temiryo‘lchi” saylov okrugi hududida o‘tkazilgan deputatlik nazorati doirasidagi o‘rganish davomida Uvaysiy ko‘chasida joylashgan “TEMIRYO‘LINFRATUZILMA” AJ “TERMIZ LOKOMOTIV DEPOSI” filiali atrofining obodonlashtirish va sanitariya holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida yo‘l yoqasi va unga tutash hududlarda daraxt hamda butalardan to‘kilgan barglar to‘planib qolganligi, shuningdek, begona o‘tlar o‘sib, hudud tartibsiz holga kelganligi aniqlandi.

Mazkur holat hududning sanitariya-obodonlashtirish holati va tashqi ko‘rinishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 1-“Temiryo‘lchi” saylov okrugi deputati Fayzullayev Xikmat Boboqulovich tomonidan “TEMIRYO‘LINFRATUZILMA” AJ “TERMIZ LOKOMOTIV DEPOSI” filiali rahbari S.Ubaydullayevga deputat so‘rovi yuborildi.

Deputat so‘rovida:

Uvaysiy ko‘chasida filialga tutash yo‘l yoqasi va hududda to‘planib qolgan to‘kilgan barglarni to‘liq tozalash;

o‘sib ketgan begona o‘tlarni o‘rib, yo‘l yoqasi va unga tutash maydonlarni obodonlashtirish;

hududdagi daraxt va butalarni belgilangan tartibda parvarishlash;

yo‘l yoqasining sanitariya va obodonlashtirish holatini yaxshilash;

kelgusida hududning doimiy ravishda toza va obod saqlanishini ta’minlash hamda aniqlangan kamchiliklarning takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik;

amalga oshirilgan ishlar va ko‘rilgan choralar yuzasidan yozma ma’lumot taqdim etish so‘raldi.

Deputatlik nazorati — hududdagi muammolarni aniqlash bilan birga, ularning amaliy yechimini ta’minlashga qaratilgan.

Obod hudud — toza muhit va aholi uchun qulay sharoit garovi.