Xalq deputatlari Yangiobod tumani Kengashi deputati V.Xasanovning 2026-yil 5-sentabrdagi deputatlik so‘roviga asosan Yangiobod tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.
Deputatlik so‘rovida Yangiobod tumani Yangiobod SHFYdagi 7-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati va undagi sharoitlar yuzasidan masalalar ko‘tarilgan.
O‘rganishlar natijasida tashkilot binosining tashqi qismi bazalt qoplama bilan qoplangani, derazalari to‘liq o‘rnatilgani ma’lum qilindi.
Shuningdek, yetishmayotgan 5 turdagi birinchi yordam dori vositalari bilan ta’minlangan hamda tashkilotning ishlamayotgan unitazlari ta'mirlanib, sanitariya-gigiyena holati yaxshilangani qayd etildi.
Deputatlik so‘rovi — aholi va ijtimoiy soha obyektlarida mavjud muammolarni tegishli tashkilotlar oldiga qo‘yish va ularning yechimini nazorat qilishning muhim vositasidir.