Xalq deputatlari Koson tumani Kengashining yettinchi chaqiriq yigirma to'qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya ishida tuman hokimligi rahbariyati, xalq
deputatlari, tegishli korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda mas'ul mutasaddilar ishtirok etdi.
Kun tartibiga kiritilgan masalalar deputatlar tomonidan atroflicha muhokama qilinib, bildirilgan taklif va mulohazalar inobatga olingan holda tegishli qarorlar
qabul qilindi.
Sessiya yakunida qabul qilingan qarorlarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta'minlash yuzasidan mas'ullarga aniq vazifalar belgilandi.