35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Termiz shahar Kengashining navbatdagi 25-sessiyasi oldidan: masalalar kelishib olindi
янв.21
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish va hudud obodonchiligi — deputat nazoratida
янв.21
“Temiryo‘l infratuzilma” hududidagi obodonlashtirish holati deputat nazoratida
янв.21
Deputat o‘z maqomidan shu jumladan nazorat vakolatlaridan quyidagi maqsadlardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi
янв.21
#kunlik_ish_reja #deputat_faoliyati Bugun Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlarining hududlardagi faoliyati bilan tanishing!
янв.21
“24 ta eng muhim yo‘nalish” mezoni asosida 15-sonli maktabdagi ta’lim-tarbiya va kutubxona faoliyati o‘rganildi
янв.21
Viloyat Bolalar kutubxonasida Abdulla Qahhor tavalludiga bag‘ishlangan ma’rifiy kecha bo‘lib o‘tdi!
янв.21
“Gulira’no” mahallasidagi muammo joyida o‘rganildi
янв.21
Qonun ustuvorligi amalda: Termiz shahar Adliya bo‘limi faoliyati O‘RQ-443 va O‘RQ-848-sonli qonunlar doirasida tahlil qilindi!
янв.21
“Temiryo‘lchi” mahallasida ichki yo‘l asfaltlanishi — deputat nazoratida!
XUSUSIY TA’LIM LOYIHASI — 50 DAN ORTIQ YANGI ISH O‘RNI

#Sessiya_oldi_organish #19_1_Modda_ijrosi

❗️ XUSUSIY TA’LIM LOYIHASI — 50 DAN ORTIQ YANGI ISH O‘RNI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari tomonidan olib borilayotgan sessiyaoldi joyiga chiqib o‘rganishlarning navbatdagi manzili Yangihayot tumanida faoliyat yuritayotgan “David’s International School” xususiy maktabi bo‘ldi.

📍 Deputatlar mas’ul tashkilotlar vakillari bilan birgalikda mazkur ta’lim muassasasida yaratilgan sharoitlar, loyihaning amalga oshirilish jarayoni, davlat tomonidan ko‘rsatilgan moliyaviy ko‘mak hamda uning aholi bandligini ta’minlashdagi amaliy natijalari bilan yaqindan tanishdi.

🏗 Ma’lum qilinishicha, maktab binosi tadbirkorning o‘z mablag‘lari hisobidan qurilgan. Keyinchalik ta’lim muassasasini zarur talablar asosida ta’mirlash, jihozlash va faoliyatini to‘laqonli yo‘lga qo‘yish maqsadida davlat tomonidan yaratilgan imkoniyatlardan foydalanilib, imtiyozli kredit mablag‘lari jalb etilgan.

💳 Ajratilgan kredit mablag‘laridan, xususan, maktab binosida ta’mirlash ishlarini amalga oshirish hamda ta’lim muassasasini ishga tushirish jarayonida foydalanilgani haqida deputatlarga ma’lumot berildi.

📉 Loyihaning muhim jihatlaridan biri — uning hudud aholisi bandligiga qo‘shayotgan hissasidir. Bugungi kunda “David’s International School”da 50 nafardan ortiq mahalliy aholi vakillarining doimiy bandligi ta’minlangan. Ular ta’lim, ma’muriy, texnik va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlarida faoliyat olib bormoqda.

📚 O‘rganish davomida deputatlar maktabdagi o‘quv xonalari va yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, xususiy ta’lim sohasidagi tadbirkorlik loyihalarini qo‘llab-quvvatlashning nafaqat ta’lim xizmatlari ko‘lamini kengaytirish, balki yangi ish o‘rinlarini yaratish va mahalliy aholini barqaror daromad manbai bilan ta’minlashdagi ahamiyatiga e’tibor qaratdi.

🏦 Shuningdek, tadbirkorlik tashabbusini amalga oshirishda bank tizimi orqali yaratilgan moliyaviy imkoniyatlar, imtiyozli kredit mablag‘larining amaliy samarasi hamda loyihaning kelgusidagi rivojlanish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

📊 Deputatlar tomonidan bunday loyihalarda ajratilgan kredit mablag‘larining maqsadli ishlatilishi, yaratilgan ish o‘rinlarining barqarorligi va loyihaning hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga qo‘shayotgan hissasi alohida o‘rganildi.

➡️ Sessiyaoldi joyiga chiqib o‘rganish ishlari navbatdagi manzillarda davom etmoqda.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 6