35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Termiz shahar Kengashining navbatdagi 25-sessiyasi oldidan: masalalar kelishib olindi
янв.21
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish va hudud obodonchiligi — deputat nazoratida
янв.21
“Temiryo‘l infratuzilma” hududidagi obodonlashtirish holati deputat nazoratida
янв.21
Deputat o‘z maqomidan shu jumladan nazorat vakolatlaridan quyidagi maqsadlardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi
янв.21
#kunlik_ish_reja #deputat_faoliyati Bugun Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlarining hududlardagi faoliyati bilan tanishing!
янв.21
“24 ta eng muhim yo‘nalish” mezoni asosida 15-sonli maktabdagi ta’lim-tarbiya va kutubxona faoliyati o‘rganildi
янв.21
Viloyat Bolalar kutubxonasida Abdulla Qahhor tavalludiga bag‘ishlangan ma’rifiy kecha bo‘lib o‘tdi!
янв.21
“Gulira’no” mahallasidagi muammo joyida o‘rganildi
янв.21
Qonun ustuvorligi amalda: Termiz shahar Adliya bo‘limi faoliyati O‘RQ-443 va O‘RQ-848-sonli qonunlar doirasida tahlil qilindi!
янв.21
“Temiryo‘lchi” mahallasida ichki yo‘l asfaltlanishi — deputat nazoratida!
Jalaquduq tumanida geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalasi

                  Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashining navbatdagi 21-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hududidagi infratuzilma obyektlari, ko‘chalar va hududiy birliklarga qonuniy maqom berish hamda ularni tartibga solish bilan bog‘liq muhim masalalar ko‘rib chiqildi. Sessiya kun tartibidan o‘rin olgan eng asosiy masalalardan biri —
geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash jarayonlari bo‘lib, bu borada qonunchilik talablariga qat’iy rioya etilishi alohida ta’kidlandi.
Mas’ullar axboroti: Yig‘ilish davomida tuman hokimligi yuriskonsulti A.G‘ulomov hamda tuman Kadastrlar agentligi mas’ul xodimining batafsil axboroti tinglandi. Ekspert xulosasi: Taqdim etilgan takliflar tegishli qonun hujjatlariga to‘liqligi, tarixiy-madaniy ahamiyati hamda joy nomlarini tartibga solish bo‘yicha belgilangan barcha talablarga javob berishi yuzasidan ijobiy ekspert xulosalari olingani ma’lum qilindi. Qabul qilingan qaror: Deputatlar masalani har tomonlama tahlil qilib, hududlardagi geografik obyektlarning nomlarini tartibga solish va yagona bazaga kiritish bo‘yicha tegishli qaror qabul qilishdi. 

   

Slide 1 of 7