O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi 665-son qarori, shuningdek, xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining VII-24-76-8-121-K/26-sonli qarori ijrosi yuzasidan shaharda amalga oshirilayotgan ichki ko‘chalarni ta’mirlash ishlari bo‘yicha deputatlik nazorati olib borildi.
Xususan, xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi, ekspert guruhi rahbari A.Mustafakulov "Ma’rifat" mahallasida amalga oshirilayotgan ichki ko‘chalarni ta’mirlash ishlari bilan joyiga chiqqan holda tanishdi.
O‘rganish davomida ta’mirlash jarayonida ishlarning belgilangan muddatlarda va sifatli yakunlanishi, aholiga qulay va xavfsiz yo‘l infratuzilmasini yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Deputatlik nazorati — manzilli dasturlarning samarali ijrosini ta’minlash va aholi manfaatlarini himoya qilishning muhim vositasidir.