Ta’lim sifati va yosh avlod tarbiyasi bevosita ustoz va murabbiylarning fidokorona mehnati bilan chambarchas bog‘liq. Shu bois pedagoglar bilan ochiq muloqot qilish, ularning fikr va takliflarini tinglash hamda mehnatini munosib e’tirof etish muhim ahamiyat kasb etadi.
Termiz shahrida aholi bilan ochiq va bevosita muloqot qilish, mahallalardagi mavjud muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rganish hamda fuqarolar murojaatlariga amaliy yechim topish borasidagi deputatlik nazorati izchil davom etmoqda.
Deputatlarning saylovchilar bilan samarali muloqotini yo‘lga qo‘yish, hududdagi dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni o‘z vaqtida aniqlash hamda ularning amaliy yechimini ta’minlash — shahar Kengashi faoliyatining bosh mezonidir.
Termiz shahrida mahallalar faoliyatini takomillashtirish, aholi bilan manzilli ishlash va fuqarolar murojaatlariga amaliy yechim topish borasidagi deputatlik nazorati izchil davom etmoqda.
Mahallalarda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, oilalarni mustahkamlash hamda xotin-qizlar o‘rtasida tazyiq va zo‘ravonlikning barvaqt oldini olish — xalq vakillarining doimiy diqqat-markazida!
📌 Deputat yoki senatorni chaqirib olish masalasi ko‘rib chiqilayotganida uning huquqlari qonun bilan kafolatlanadi.
📨 Tegishli Kengash, Qonunchilik palatasi yoki Senat asoslar mavjud bo‘lgan materiallarni olgan kundan e’tiboran 3 kun ichida deputat yoki senatorga yozma xabarnoma yuboradi.
📄 Xabarnomaga chaqirib olish masalasiga asos bo‘lgan hujjatlarning nusxalari ham ilova qilinadi.
⚖️ Bu tartib deputat yoki senatorning masala yuzasidan o‘z huquq va manfaatlarini himoya qilishi uchun zarur axborot bilan o‘z vaqtida tanishishini ta’minlaydi.
📖 Manba: “Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputatini, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatini va Senati a’zosini chaqirib olish to‘g‘risida”gi Qonun, 5-modda.
📌 Markaziy saylov komissiyasi davlat hokimiyati vakillik organining deputatni chaqirib olish bo‘yicha ovoz berishni o‘tkazish zarurligi haqidagi qarorini olgan kundan boshlab 10 kun ichida tegishli saylov okrugi komissiyasi tuzilishini ta’minlaydi.
📅 Shuningdek, Markaziy saylov komissiyasi ovoz berish vaqti va joyini belgilaydi hamda bu haqda tegishli xalq deputatlari Kengashi, Qonunchilik palatasi yoki Senatni xabardor qiladi.
🔎 Shu tariqa, deputatni chaqirib olish bo‘yicha ovoz berish jarayonini tashkil etishning keyingi bosqichlari qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Deputatlar tomonidan:
fuqarolar murojaatlari tinglanib, ularning muammolari o‘rganiladi;
hududlarda mavjud dolzarb masalalar aniqlanadi;
muammolarni hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga taklif va tavsiyalar beriladi;
amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha deputatlik nazorati olib boriladi.
Kengashning doimiy komissiyalari tomonidan esa o‘z yo‘nalishlari doirasida masalalar o‘rganilib, hududlardagi muammolar tahlil qilinadi, mas’ul tashkilotlar faoliyati ko‘rib chiqiladi hamda ularning yechimi yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Bugun deputatlar tomonidan amalga oshirilgan uchrashuvlar, o‘rganishlar va nazorat tadbirlari bilan tanishing!