Mazkur topshiriq ijrosi doirasida Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashiga 12-“Saxovat” saylov okrugidan saylangan deputat X.Jurayev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurov tomonidan Termiz shahar Madaniyat bo‘limida joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borildi.
💬O‘rganish jarayonida madaniyat muassasalarida tashkil etilgan to‘garaklar, ma’naviy-ma’rifiy va madaniy tadbirlar, yoshlarni san’at va madaniyatga keng jalb etish, ularning qiziqish va iste’dodlarini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan loyihalar bilan yaqindan tanishildi.
💬Shuningdek, yozgi ta’til davrida yoshlarning bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish, ularni turli salbiy ta’sirlardan asrash, kitobxonlik, sport, san’at va ijodiy faoliyatga keng jalb etish borasida olib borilayotgan ishlarning samaradorligi tahlil qilindi.
💬O‘rganish yakunida “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasidagi tadbirlar qamrovini kengaytirish, yoshlar ishtirokini oshirish hamda madaniy-ma’rifiy loyihalar samaradorligini kuchaytirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
🫥Yoshlarning yozgi ta’til davrini mazmunli va foydali tashkil etish, ularning bo‘sh vaqtini samarali band etish hamda iste’dod va qobiliyatlarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar deputatlik nazoratida davom ettirilmoqda.