Mazkur topshiriq ijrosi doirasida bugun Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashiga 12-“Saxovat” saylov okrugidan saylangan deputat X.Jurayev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurov bilan birgalikda deputatlarga biriktirilgan shahar tashkilotlari ro‘yxatiga asosan Termiz shahar Madaniyat bo‘limida o‘rganish ishlari olib borildi.
💬O‘rganish davomida bo‘lim tomonidan aholining, ayniqsa yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, madaniy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazish, madaniyat muassasalari faoliyatini takomillashtirish hamda sohaga oid davlat dasturlari va topshiriqlari ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.
💬Shuningdek, mavjud muammolar, ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama qilinib, soha faoliyati samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tavsiyalar berildi.
💬Deputat va biriktirilgan tashkilot o‘rtasidagi bunday hamkorlik hududlarda mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, ularning yechimini topish hamda davlat va jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga xizmat qilmoqda.
🫥Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlari tomonidan biriktirilgan tashkilotlar faoliyatini o‘rganish va ular bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish ishlari izchil davom ettirilmoqda.